Mazkur jinoyat işi doirasida yana 20 nafar kişi — deputatlar va yordamçilar ham aybdor deb topilgan.
Sud Le Penga tört yillik qamoq jazosini tayinladi, şundan ikki yili şartli. Qolgan ikki yil davomida u elektron bilguzuk taqib yuradi. Şuningdek, unga 100 ming yevro jarima ham solindi.
Bu qaror uni 2027 yilgi prezidentlik saylovida iştirok etişdan mahrum qiladi.
Le Pen sud qarorini «siyosiy öç oliş», deb atadi va hukm e’lon qilinişi oldidan sud zalini tark etdi. Oddiy holda apellyatsiya tugamaguniça jazo kuçga kirmaydi, ammo bu gal sud saylovda iştirok etişni taqiqlaşni darhol amalga oşirişga qaror qildi. Reuters xabariga köra, agar apellyatsiya şikoyati qanoatlantirilmasa, muxolifat yetakçisi 5 yil davomida davlat lavozimlariga saylana olmaydi.
Sönggi sörovlarga köra, Le Pen prezidentlik poygasida 34–37 foiz qöllab-quvvatlovga ega edi.
Hukmga qaramay, Le Pen öz siyosiy faoliyatini töxtatmasligini bildirdi. «Men taslim bölmayman. Menga qarşi siyosiy qaror qabul qilindi», — dedi u TF1 telekanalida. U 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaşişga umid qilmoqda.
Le Pen sudni «avtoritar rejimlarça iş tutganlikda» aybladi. Sörovlarga köra, u saylovda asosiy da’vogarlardan biri bölişi mumkin. Unga Italiya, Vengriya va Niderlandiyadan siyosiy qöllab-quvvatlaş bildirildi.
Fransiyada ultraöng siyosatçilar Marin Le Penni sud hukmi orqali prezidentlik poygasidan çetlatilişiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlariga çaqirmoqda.
Uning siyosiy hamrohi Jordan Bardella hukmni demokratiyaga hujum deb atab, fransuzlarni ğazabini körsatişga çaqirdi. Hozir bu borada jamoatçilik fikri ikkiga bölingan. Şanba-yakşanba kunlari Fransiya böylab ommaviy namoyişlar ötişi kutilyapti.












