Tramp Janubiy Sudanga nisbatan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Janubiy Sudanga nisbatan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi.
"Janubiy Sudan va uning atrofidagi vaziyat AQSh milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosatiga favqulodda xavf solishda davom etmoqda", - deyiladi Tramp tomonidan imzolangan hujjatda. U Oq uy matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi. Oq uy rahbari “2014 yilning 3 aprelida e'lon qilingan sanksiyalar rejimini 2017 yil 3 aprelidan so‘ng uzaytirish” lozimligini ta'kidlab o‘tgan. "Shuning uchun men bu holat bo‘yicha ijro farmoni harakatini bir yilga uzaytirmoqdaman", - deya ma'lum qildi Tramp.
Trampning AQSh kongressiga yo‘llagan maktubida ta'kidlanishicha, “Janubiy Sudan va uning atrofidagi vaziyat ushbu mamlakat hamda butun mintaqa tinchligi, xavfsizligi va barqarorligiga xavf soluvchi harakatlar bilan bog‘liq”. Xususan, u yerda aytilishicha, bu “zo‘ravonlik va qotillik, inson huquqlarining buzilishi, bolalardan askarlar sifatida foydalanish, tinchlikparvarlar hamda gumanitar missiyalarga hujum qilish, gumanitar amaliyotlar o‘tkazishga xalaqit berish”ga tegishli.
Mavzuga oid
20:45 / 10.11.2024
BMT: Janubiy Sudandagi suv toshqinlari yarim millionga yaqin odamni boshpanasiz qoldirdi
12:03 / 31.10.2024
AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yana ikki kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
13:10 / 22.10.2024