Jahon | 21:38 / 25.03.2017
14506
4 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston fuqarolari o‘z prezidentlariga nimalar haqida yozishadi?

2016 yilda Qirg‘iziston prezidenti devonxonasiga mamlakat fuqarolaridan 11 ming 335 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida ma'lum qilindi. 

Ulardan 8 ming 464 tasi elektron maktub ko‘rinishida bildirilgan. Jamoat qabulxonalarida 595 fuqaroning murojaati tinglangan. Yana 940 kishi ishonch telefonlari orqali murojaat qilganlar.

Fuqarolarning yozma murojaatlarini 9 ta yo‘nalish bo‘yicha ajratish mumkin:

sud va huquq-tartibot idoralari ishi bo‘yicha – 32,2 foiz;
uy-joy va yer uchastkasi ajratish bo‘yicha – 12,5 foiz;
sog‘liqni saqlash, ta'lim va madaniyat masalalari bo‘yicha – 9,8 foiz;
maoshlar, pensiyalar va imtiyozlar bo‘yicha – 8,2 foiz;
davlat mukofotlari, fuqarolik, afv etish masalalari bo‘yicha – 4,3 foiz;
kreditlar va ssudalar bo‘yicha – 2,5 foiz;
qurilish, transport masalalari bo‘yicha – 2,3 foiz;
xavfsizlik masalalari bo‘yicha – 2 foiz;
2010 yil aprelidagi voqealarda jabrlanganlarga yordam masalasi bo‘yicha – 1,1 foiz;
boshqa masalalar bo‘yicha – 25,2 foiz.

Ko‘pchilik maktublar sud va huquq-tartibot idoralari ishiga taalluqli bo‘lgan (2,73 ming murojaat). Odamlardan qurilish va arxitektura (191 murojaat), mudofaa va xavfsizlik (166), 2010 yil aprelidagi voqealarda jabrlanganlarga yordam masalalari (94) bo‘yicha eng kam murojaat kelib tushgan

Qolgan 2,13 mingta murojaatda fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muhim masalalar qiziqtirgan.  

Hududlar taqsimotida eng ko‘p murojaatlar bishkekliklar tomondan (43,1 foiz), eng kam murojaatlar Botken (3 foiz) va Talas (2,3 foiz) viloyatlari aholisidan bildirilgan.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga 2017 yil 24 yanvar holatiga ko‘ra, 409 mingta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlar 3 xil yo‘l bilan bildirilgan:

PM.gov.uz sayti orqali – 51 foiz;
ishonch telefonlari (1000, 2100000) orqali – 44 foiz;
joylarga kelib bildirilgan – 4 foiz.

Quyida odamlardan kelib tushgan murojaatlarning qaysi davlat organlariga yuborilgani bo‘yicha statistik ma'lumotlar keltirilgan:

Ichki ishlar vazirligiga – 46999 ta murojaat;
Toshkent shahri hokimiyatiga – 46339;
Mehnat vazirligiga – 23414;
Toshkent viloyati hokimiyatiga – 20616;
Markaziy bank va tijorat banklariga – 17671;
Adliya vazirligiga – 17411;
"O‘zbekneftgaz" AJga – 15276;
Moliya vazirligiga – 12997;
Farg‘ona viloyati hokimiyatiga – 12889;
Andijon viloyati hokimiyatiga – 12052.

Murojaatlarning katta qismi Toshkent shahri aholisidan bildirilgan. Bu ko‘p jihatdan internet foydalanuvchilarning katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi bilan shartlangan.

Quyida Toshkent shahri va viloyatlar aholisidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma'lumotlar berilgan:

Toshkent shahri – 109052 ta murojaat;
Toshkent viloyati – 58740;
Farg‘ona viloyati – 35463;
Qashqadaryo viloyati – 33391;
Andijon viloyati – 29221;
Surxondaryo viloyati – 25494;
Samarqand viloyati – 21658;
Xorazm viloyati – 17084;
Namangan viloyati – 16908;
Buxoro viloyati – 15874;
Navoiy viloyati – 14401;
Sirdaryo viloyati – 11690;
Jizzax viloyati – 11333;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 9563.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid