Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident poytaxtdagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chasi tutashgan joydagi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mirobod tumanidagi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan quriladi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu ishlar haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta'minlash darajasini oshiradi.
Prezident zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishini ta'kidladi.
Ko‘prik ostidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026