Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Amerikaning 15 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Foto: Fotolia
Eron hukumati AQShning 15 kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgani haqida e'lon qildi. Bu haqda EIR TIV bayonotida so‘z yuritilgan.
"Bu harakatlar yaqinda Vashingtonning Islom Respublikasiga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llashiga javoban amalga oshirilmoqda", - deya ta'kidlangan bayonotda.
Unda, Eronning cheklov choralari "terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va mintaqadagi xalq chiqishlarini bostirish, Isroil tuzumiga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan kompaniyalar"ga tegishlidir.
Shunday qilib, Eron sanksiya ro‘yxatidan Amerikaning BENI Tal, United Technologies Produces, RAYTHEON, ITT Corporation, Re/Max Real Estate, Oshkosh Corporation, Magnum Research Inc, Kahr Arms, M7 Aerospace, Military Armament Corporation, Lewis Machine and Tool Company, Daniel Defence, Bushmaster Firearms International, O.F Mossberg & Sons va H-S Precision Inc. kompaniyalari joy olgan.
"Mazkur kompaniyalar bilan har qanday aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish taqiqlangan, Eron Islom respublikasi vakolatlari doirasidagi hududlarda ushbu kompaniyalarga tegishli mol-mulk musodara qilinadi, kompaniya xodimlari va rahbarlariga vizalar berilmaydi", - deyiladi bayonotda.
Hujjatda, shuningdek, ushbu ro‘yxt bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta'kidlanadi. Agar, zarur bo‘lib qolsa, Amerikaning boshqa kompaniya va jismoniy shaxslari bu ro‘yxatga kiritiladi.
Mavzuga oid
11:28
Erondagi namoyishlar: O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar qayd etilmadi
09:23
Maxfiy uchrashuv: Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan Erondagi namoyishlarni muhokama qildi
22:45 / 13.01.2026
«Yordam allaqachon yo‘lda». Tramp eronliklarga murojaat qildi
22:32 / 13.01.2026