Sport | 00:36 / 26.03.2017
16727
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino nima sababdan Xorvatiya - Ukraina uchrashuviga borganini aytdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino, JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Xorvatiya — Ukraina uchrashuviga (1:0) nima sababdan tashrif buyurgani sababini oshkor qildi.

«Uchrashuvga tashrif buyurishimning hech qanday sirli tomoni yo‘q. Shunchaki dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun Predrag Miyatovich va Davor Shuker kabi do‘stlarimni ko‘rgani bordim. Ko‘pchilik bunaqa tashrifni biror-bir aniq futbolchini kuzatish uchun kelgan deb hisoblashini yaxshi bilaman. Ammo bugungi kunda biror futbolchini kuzatish uchun, begona yurtga borib yurishning hojati yo‘q. Men shundoq ham ularni yaxshi bilaman.

Men Zagreb shunchaki Manchesterning yomg‘irli ob-havosidan so‘ng, yaxshi iqlim sharoitidan zavq olish uchungina tashrif buyurdim», — degan Mourino HNTV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida «Inter» yarimhimoyachisi Ivan Perishichni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Perishich aynan mana shu uchrashuvda maydonga tushgan.

Mavzuga oid