Hongkong ma'muriyati rahbarligi uchun saylovda Kerri Lam g‘alaba qozondi
Hongkong ma'muriyatini kelasi besh yil mobaynida 59 yoshli Kerri Lam boshqaradigan bo‘ldi. Pekin hukumati qo‘llab-quvvatlagan ayol nomzod saylovda raqiblarini ortda qoldirdi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, u saylovchilar hay'ati a'zolarining 777 ovoziga ega bo‘ldi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun 600dan ortiq ovoz to‘plash kifoya qilar edi.
Lamning asosiy raqibi, sobiq moliya vaziri Jon Tsang 365 ovoz to‘plagan. Uchinchi nomzod, Apellyatsiya sudining sobiq hakami Xu Gosinni atigi 21 nafar saylovchi qo‘llagan. Saylovchilar hay'atiga 1194 nafar moliya, sanoat, ilmiy, diniy doiralar, jamoatchilik, taniqli biznes vakillari hamda siyosiy arboblar kiradi.
Kerri Lam mahalliy ma'muriyatda 2012 yildan 2017 yil boshigacha asosiy vazir vazifasini bajargan. U saylovning shubhasiz yetakchi nomzodi hisoblangan edi. Rasmiy Pekin, xabardor manbalarga ko‘ra, aynan uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024