Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honkongda 168 kishi halok bo‘lgan yong‘in ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi
Honkong tergovchilari o‘tgan yili 168 kishi hayotiga zomin bo‘lgan turar-joy majmuasidagi yirik yong‘in ishi bo‘yicha yetti kishi va ikki yuridik shaxsga ayblov e’lon qildi.
Associated Press xabariga ko‘ra, ayblanuvchilar orasida binoda ta’mirlash ishlarini olib borgan qurilish kompaniyasi rahbariyati ham bor. Ularga jami 25 ta modda, jumladan, yong‘in bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan jihatlar: pul yuvish va soliq to‘lamaslik bo‘yicha ham ayblovlar qo‘yilgan. Navbatdagi sud majlisi sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Yong‘in 2025 yil 26 noyabr kuni Taypou tumanidagi Wang Fuk Court turar-joy majmuasida sodir bo‘ldi. Dastlab binolardan birining tashqi tomonida joylashgan bambuk yog‘ochlari va qurilish to‘ri yonib ketdi. Yong‘in tez tarqalib, boshqa uylarni ham qamrab oldi.
Fojiada 168 kishi halok bo‘ldi. Majmuada qariyb 2 ming xonadon bo‘lib, ularda 4,8 mingga yaqin kishi, jumladan, ko‘plab keksalar istiqomat qilgan. Majmua 1980-yillarda qurilgan.
Mavzuga oid
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
22:44 / 26.05.2026