Hongkongning yetakçi ommaviy axborot vositalaridan biri bölgan Now.com naşri Özbekiston va Hongkong örtasidagi turizm aloqalariga bağişlangan material e’lon qildi. Unda Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Oqqulovning eksklyuziv intervyusi ham örin olgan.
Intervyuda ta’kidlanişiça, tomonlar Hongkong va Toşkent örtasida yangi havo qatnovini yölga qöyiş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Şuningdek, Hongkongdan Bangkok orqali Özbekistonga aviayönaliş oçiş masalasi ham körib çiqilmoqda.
Abdulaziz Oqqulovning ma’lum qilişiça, Özbekiston ötgan yili 11,7 million sayyohni qabul qilgan bölib, 2030 yilga borib bu körsatkiçni 20 million nafarga yetkaziş maqsad qilingan.
Naşrda qayd etilişiça, Markaziy Osiyodagi eng köp aholiga ega mamlakat sanalgan Özbekiston keyingi yillarda iqtisodiy ösiş sur’atlarini qariyb 6 foiz darajasida saqlab kelmoqda. Mamlakat nafaqat sayyohlarni, balki xorijiy investorlarni ham faol jalb etişga intilayotgani ta’kidlangan.
Buning uçun mehmonxona va turizm sohasiga sarmoya kiritayotgan investorlarga qator imtiyozlar taqdim etilmoqda. Jumladan, tört yulduzli mehmonxonalar uçun har bir xonaga 5 ming dollar, uç yulduzli mehmonxonalar uçun esa 3,5 ming dollar miqdorida subsidiya ajratiladi. Şuningdek, mehmonxona foydalanişga topşirilgandan keyin yetti yilgaça soliq imtiyozlari beriladi.
Materialda Hongkong fuqarolari uçun Özbekistonning viza tartiblari haqida ham ma’lumot berilgan. Unga köra, Hongkong fuqarolari Özbekistonda 10 kungaça vizasiz, elektron viza orqali esa 30 kungaça bölişlari mumkin. Zarur hollarda elektron viza muddatini onlayn tarzda uzaytiriş imkoniyati ham mavjud.
















