Sport | 00:57 / 26.03.2017
12005
3 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Yevropada saralash o‘yinlari davom ettirildi

Yevropa mintaqasida JCh-2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichi beshinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Kunning birinchi qismidan o‘rin olgan beshta uchrashuv nihoyasiga yetdi. Bosniya terma jamoasi UYeFAning so‘nggi a'zolaridan biri Gibraltar terma jamoasini qabul qilib, javobsiz 5ta to‘p kiritgan bo‘lsa, Shvetsiya Belarus darvozasini 4 bor aniq nishonga oldi.

Shuningdek, Shveytsariya og‘ir kechgan uchrashuvda Latviyadan ustun keldi. Yana ikki uchrashuvda durang natijasi qayd etildi.

JCh-2018, saralash bosqichi, Yevropa mintaqasi. 5-tur

Bosniya va Gertsegovina – Gibraltar 5:0 (2:0)
Gollar:
Ibishevich (4, 43), Vrshayevich (52), Vishcha (56), Bichakchich (90).
Bosniya va Gertsegovina: Begovich, Bichakchich, Kolashinats (Pavlovich, 46), Zukanovich, Vrshayevich (Bayich, 75), Tsimirot, Pyanich (Vranchich, 56), Vishcha, Tsotsalich, Xodjich, Ibishevich.
Gibraltar: Ibraim, Chipolina, Chipolina (Pyusey, 53), Chipolina, Garsiya, Gilling (Bardon, 75), Payyas, Uoker, Kassiaro (Duarte, 88), Kassiaro, Ernandes.
Ogohlantirish: Kolashinats (18).

Kipr – Estoniya 0:0
Kipr: Panagi, Stilianu (Avraam, 72), Merkis, Xaralambus, Layfis, Laban (Rushias, 82), Artimatas, Kiryaku, Mitidis (Makris, 89), Kastanos, Xristofi.
Estoniya: Aksalu, Kruglov, Klavan, Teniste, Mets, Vasilev (Aner, 90), Dmitriyev, Oyamaa (Luts, 65), Baranov, Zenev (Toomet, 79), Kyayt.
Ogohlantirishlar: Vasilev (68), Laban (78).

Andorra – Farer or. 0:0
Andorra: Gomes Moreyra, Rubio (Klemente, 77), San-Nikolas, Maks Lovera, Martines, Alaes, Rubio (Garsiya Renom, 46), Veyra, Vales, Lima, Puxol (Martines, 55).
Farer: Nilsen, Davidsen, Gregersen, Nayes, Davidsen, Xansson, Bartalsstovu (Xansen, 70), Vatnxamar, Edmundsson, Klettskar, Sorensen (Yustinussen, 82).
Ogohlantirishlar: Edmundsson (9), Rubio (11), Veyra (39), Davidsen (51), Lima (90), Garsiya Renom (90), San-Nikolas (90).
Chetlatish: Edmundsson (74, Farer).

Shveytsariya – Latviya 1:0 (0:0)
Gol:
Drmich (66).
Shveytsariya: Zommer, Sher, Lixtshtayner, Djuru, Mubandjye, Djyemaili, Shakiri (Tsuber, 78), Fernandes (Drmich, 64), Djaka, Seferovich (Froyler, 84), Mexmedi.
Latviya: Vanin, Freymanis, Yagodinskiy, Gorksh, Klyushkin, Solovev, Lazdinsh (Gutkovskiy, 78), Layzans, Ikauniyeks (Rakel, 69), Shabala, Vishnyakov (Gabov, 56).
Ogohlantirishlar: Lazdinsh (28), Fernandes (48), Sher (51), Freymanis (53).

Shvetsiya – Belarus 4:0 (1:0)
Gollar:
Forsberg (19, pen, 49), Berg (57), Telin (77).
Shvetsiya: Olsen, Yansson, Lyustig, Grankvist, Augustinsson, Xilemark, Durmaz (Klasson, 85), Ekdal (Yuxansson, 69), Forsberg, Toyvonen (Telin, 74), Berg.
Belarus: Gorbunov, Bordachev (Volodko, 69), Martinovich, Shitov, Politevich, Mayevskiy (Dragun, 66), Bressan, Rios, Filipenko, Signevich (Rodionov, 71), Gordeychuk.
Ogohlantirish: Martinovich (25).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid