BMT so‘nggi ikki yilda Yamanda o‘ldirilgan bolalar sonini ma'lum qildi
Yamandagi ziddiyat kuchayganidan so‘nggi ikki yilda 1,4 ming nafardan ortiq bola o‘ldirildi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen bayonot berdi.
Ar Riyod ittifoqchilari bilan birga 2015 yil 26 mart kuni Yamanda harbiy amaliyotni boshlagan edi. Arab koalitsiya deb nomlangan kuchlar shia oqimiga mansub isyonchi husiylar va sobiq prezident Ali Abdulloh Solih tarafdorlariga qarshi kurashda prezident Abd Rabbo Mansur Hodiy hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.
"Ko‘p ming kishilik tinch aholi vakillari, shu jumladan 1,4 mingdan ortiq qizlar va o‘g‘il bolalar o‘ldirildi … o‘n minglab yamanliklar jabrlandi", — deyiladi O'Brayyenning Yamandagi mojaro boshlanishiga doir hisobotida
Uning qayd etishicha, Yaman aholisining 2/3 qismi, ya'ni 19 mln atrofidagi fuqaro gumanitar yordamga muhtoj.
2014 yildan Yamanda qurolli ziddiyat davom etmoqda, bir tomondan "Ansar Alloh" shia harakatining isyonchi husiylari va sobiq prezident Ali Abdulla Solihga tarafkash bo‘lgan armiya qismlari, boshqa tomondan hukumat kuchlari va Abd Rabbo Mansur Hodiy tarafdorlari kurash olib bormoqda. Rasmiy hukumatni havo va quruqlikda Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlayapti.
Mavzuga oid
15:56 / 22.12.2024
Amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirdi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
23:55 / 03.12.2024