Jahon | 08:08 / 27.03.2017
3164
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyadagi saylovlarda g‘olib bo‘lgan partiya nomi ma'lum qilindi

Bolgariyadagi parlament saylovlarida sobiq bosh vazir Boyko Borisov boshchiligidagi "Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha rivojlanishi uchun" partiyasi g‘olib bo‘ldi. Bundan mamlakat markaziy saylov komissiyasi natijalari darak bermoqda.

Partiya 33,18 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi Bolgariya sotsialistik partiyasi 27,45 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 

G‘olib partiya mamlakat hukumati tarkibini shakllantiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid