Iroq prezidenti jangarilar to‘laqonli kimyoviy qurolga egamasligini aytdi
Iroqda jang qilayotgan terrorchilar to‘laqonli kimyoviy qurolga egamaslar, ularda faqatgina uning birlamchi komponentlari mavjud, biroq ular ham xavflidir, deb aytdi Iroq prezidenti Fuad Masum RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Hozircha bu kimyoviy moddalar haqidagi ma'lumotlar ular oddiy ekanligi, kimyoviy qurolga ega davlatlarniki kabi kuchli emasligini ko‘rsatmoqda. Biroq ular qo‘llanmoqda va o‘z ta'siriga ega, ayniqsa ruhiy ta'sirga. Biroq bu Iroqda, misol uchun Xalabjada (1988 yil) 5 daqiqa ichida taxminan 5 ming kishi halok bo‘lganda ishlatilgan kimyoviy quroldek kuchli emas", deb aytdi Masum.
Uning aytishicha, terrorchilar kimyoviy qurollarning "birlamchi komponentlariga" ega. "Bu komponentlar uncha ilg‘or emas, biroq xavfli", deb aytgan Masum. Masum Bag‘dod Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti terrorchilarda bu komponentlarning borligini ular bu moddalarni qayerdan olganlarini bilish maqsadida tergov qilishini talab qilmoqda.
"Bu moddalar ularga qanday tushib qolgani noma'lum. Buni tergov qilish ma'lum vaqt oladi", deb aytdi Masum.
Mavzuga oid
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024