Aholi tibbiyot markazlari haqidagi axborot bilan yetarlicha ta'minlanmagan
Joriy yilning 28 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi rahbarlarining axboroti eshitildi. Avval xabar berilganidek, 13 mart kuni parlament a'zolariga akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining, shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining faoliyati to‘g‘risidagi axborot taqdim etilgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Muhokama davomida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga asosiy e'tibor qaratildi. Xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazlari tomonidan Respublika hamda birlamchi tibbiyotning barcha bo‘g‘inlarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli tizimi to‘liq tashkil etilmaganligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, ushbu markazlar davolanuvchilarining 60 foizdan ziyodi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston hududlarida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda markazlar rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislar tomonidan yetarlicha amaliy yordam ko‘rsatilmayapti.
Ixtisoslashtirilgan markazlarning xodimlari va mutaxassislarini xorijdagi yetakchi klinikalarda yangi tibbiy texnologiyalar hamda zamonaviy tibbiy uskunalarda ishlash bo‘yicha o‘qitish, shuningdek, xorijdagi tibbiyot muassasalaridan jalb etilgan o‘zbek mutaxassislari uchun sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zaruriyati mavjud.
Bundan tashqari, markazlarning rasmiy veb-saytlarida ular faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘liq emas, shu sababli aholi keng qatlamlarining axborot olish imkoniyati cheklangan.
Ko‘z va kardiologiya kasalliklarini davolash, profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish tartib-taomili ancha soddalashtirishni talab qiladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha kompleksning qurilishini yakunlash uchun sotib olingan uskunalar rasmiyatchilik sababli bojxona omborlarida turibdi.
– Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi rahbarlari tomonidan taqdim etilgan axborot aholini qiziqtiradigan ko‘plab masalalarni qamrab oldi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O.Egamov. – Joylardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish uchun mamlakatimizning turli mintaqalariga borishlari chog‘ida deputatlar tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganishga alohida e'tibor qaratmoqdalar.
Umuman olganda, majlis qiziqarli bahs tarzida o‘tdi. Deputatlar aholining va partiyalar elektoratining manfaatlarini inobatga olgan holda, joylardagi haqiqiy ahvolni, shuningdek ushbu muassasalar faoliyatini, aholining tegishli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish natijalariga asoslangan turli savollar bilan murojaat qildilar. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi rahbarlari deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Majlis yakunlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasining qarori qabul qilindi, qarorda barcha muhokama qilingan masalalar o‘z aksini topdi va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar belgilanib, ularning amalga oshirilishi ustidan doimiy parlament nazorati olib boriladi.
Mavzuga oid
19:08 / 25.10.2024
Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
17:44 / 20.09.2024
«Haddini bilmaganlarni mehmon deyolmaymiz» – O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi
20:25 / 23.07.2024