Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Eron turli sohalarda hamkorlik haqida 16 ta hujjat imzoladi
Rossiya va Eron prezidentlari Vladimir Putin va Hasan Ruhoniy 28 mart kuni Kremlda o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot qabul qilishdi. Bu haqda Putin va Ruhoniy ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida e'lon qilindi. Tomonlar turli sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha 16 ta hujjat imzolashdi.
Xususan, "Rosatom" davlat korporatsiyasi va Eron atom energiya tashkiloti bilan yadroviy moddalarni tashish sohasida hamfikrlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, yonilg‘i-energetika majmuasi bo‘yicha "Gazprom" va Eron milliy neft kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha hamfikrlik memorandumi va maxfiylik haqida kelishuv, "Rosgeologiya" va Eron milliy neft kompaniyasi o‘rtasida hamfikrlik memorandumi, Rossiya va Eron energetika vazirliklari o‘rtasida elektr energiyani sotish sohasida hamkorlik qilish haqidagi hamfikrlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar, shuningdek, RJD va "Eron Islom Respublikasi temir yo‘llari" o‘rtasida temir yo‘llarini elektrlashtirish bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumini hamda Garmsar - Inche Burun temir yo‘l qismining elektrlashtirilishi va Rossiya qurilmalari hamda lokomotivlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi
Bu hujjatlardan tashqari, Rossiya va Eron fuqarolarining vizasiz sayyohlik guruhlari safarlari haqida kelishuv, ikki davlatning sport vazirliklari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik haqidagi memorandum, qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohalarida hamkorlik haqidagi memorandum imzolandi.
Bundan tashqari, Rossiyaning akkreditatsiyalash federal xizmati va Eronning akkreditatsiyalash milliy markazi o‘rtasida hamfikrlik memorandumi, ikki davlatning tegishli vazirliklari o‘rtasida aloqa va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish haqidagi hamfikrlik memorandumi hamda "Roskongress" jamg‘armasi va Eron savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik haqidagi kelishuv imzolandi.