Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning kuyovi Oq uy innovatsiyalar boshqarmasiga rahbar bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi hamda maslahatchisi Jared Kushner Oq uy ma'muriyati huzurida yangi tashkil etilgan innovatsiyalar bo‘yicha idoraga rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot kotibi Shon Spayser jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Amerika innovatsiyalari bo‘yicha idora hukumat amaliyotlari va xizmatlarini belgilangan muddatdan tezroq va arzonroq amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi", — deya izoh bergan Spayser.
Xususan, Kushner vazirliklar va idoralardagi texnologiyalarni modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Spayser, shuningdek, faxriylar ishlari bo‘yicha vazirlik faoliyatining samaradorligini oshirish zaruratiga alohida to‘xtalgan.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
14:49 / 27.02.2026
Axios: Zelenskiy RF bilan urushni yil oxirigacha tugatishga umid qilmoqda
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
23:29 / 22.01.2026