2016 yilda Bosh prokratura huzuriga 174 mingga yaqin fuqaro qabul qilindi
2017 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
Senatorlar ishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitishdan boshladilar. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Hisobotda qayd etilganidek, 2016 yilda qonuniylikni ta'minlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida prokuratura organlari tomonidan katta ishlar amalga oshirildi.
Xususan, aholini ijtimoiy himoyalashga, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari ijro etilishi, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi, Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi, Investitsiya dasturi bajarilishi muntazam nazorat qilib borildi.
Hisobot yilida tadbirkorlik sub'yektlarini ishonchli huquqiy himoya qilish prokuratura organlari faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Tadbirkorlarning, shu jumladan, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqiy bilimlarini oshirish yuzasidan 43 mingdan ortiq tadbir o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari buzilgan 19 752 ta holat, shu jumladan, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashilgan 129 ta holat, noqonuniy tekshiruv o‘tkazilgan 54 ta holat, noqonuniy qarorlar qabul qilingan 1 657 ta holat, ortiqcha yig‘imlar undirilgan 657 ta holat, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonun hujjatlari buzilgan 887 ta holat aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha prokuror tomonidan tegishli choralar ko‘rildi.
Soliq va valyuta jinoyatlariga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha muayyan ishlar bajarildi. 832,7 mlrd. so‘mlik soliqlar va to‘lovlarning qo‘shimcha hisoblanishi ta'minlandi, valyuta sohasida 771 ta huquqbuzarlik aniqlandi.
Prokuratura organlari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, tezkor-qidiruv va tergov faoliyatini muvofiqlashtirish borasida idoralararo hamkorlikni takomillashtirish choralari ko‘rildi.
Bosh prokuratura huzuridagi telefon murojaatlarini qabul qilish markazining 34 ta vazirlik va idora bilan elektron aloqa tizimining samarali ishlashi ta'minlandi. 2016 yilda Markaz tomonidan 103 063 ta, tadbirkorlardan 3 394 ta murojaat qabul qilindi. Prokuratura organlari tomonidan jami 194 817 ta murojaat ko‘rib chiqildi, 173 080 nafar fuqaroning qabul qilinishi ta'minlandi.
Aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik yanada rivojlantirildi.
Senatorlar hisobotni har tomonlama tahlil qilib, 2017 yil 7 yanvar kuni prokuratura organlarining bir guruh hodimlari bilan uchrashuvda mamlakatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan hamda jamiyatda adolatni yanada mustahkamlashda, qonun ustuvorligini ta'minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda prokuratura organlari roli va nufuzini oshirishga qaratilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish borasida O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi tomonidan ta'sirchan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta'kidladilar.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024