Yaman prezidenti Eronni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiy Eronni Yaqin Sharq mintaqasida terrorchilikni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Uning aytishicha, Tehron "mintaqada harakat qiluvchi terrorchilik guruhlariga ko‘mak beradi".
"Husiylar otryadlari Eron ko‘magida Yamandagi mavjud vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqdalar, bunga esa Yaman hukumati aslo yo‘l qo‘ymaydi", deb aytdi Hodiy Iordaniyada o‘tayotgan Arab davlatlari ligasi sammitidagi uchrashuvda. Uning aytishicha, husiylarning "Ansorulloh" harakati tarafdorlari Yaman jamiyatidagi ijtimoiy tuzumni to‘liq barbod qilgan, iqtisodiyot va davlatchilikning vayron bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hodiyning aytishicha, Yamanda tinchlik haqida gapirish uchun husiylar "qurolni tashlab, egallab olgan shaharlaridan chiqib ketishi va siyosiy partiyaga aylanishi" kerak.
Arab davlatlari ligasining joriy 28-sammiti Iordaniya qirolligi poytaxti Ammandan 50 km uzoqlikda, O‘lik dengiz sohilida o‘tmoqda va oxirgi yillardagi eng yirik sammit bo‘lmoqda, unda 18 arab yetakchisi qatnashmoqda. Falastin masalasi, inqiroz girdobida qolgan Suriya, Liviya va Yamandagi vaziyat, terrorchilikka qarshi kurash, Yaqin Sharqdagi qochqinlar muammosi hamda "Eron aralashuviga" qarshi turish sammitda muhokama qilinadigan asosiy mavzular bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59 / 07.04.2025
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18 / 07.04.2025
Mavzuga oid

20:03 / 06.04.2025
«Raketa shaharlari». Tehron nima uchun o‘zining maxfiy yerosti bazalarini aynan hozir ko‘rsatishga qaror qildi?

19:44 / 06.04.2025
Eron armiyasi jangovar shay holatga keltirildi - Reuters

16:01 / 06.04.2025
Eron sanksiyalar bekor qilinishi evaziga yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor

03:29 / 04.04.2025