Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasi pensiyalar, nafaqalar va ish haqlari noqonuniy ravishda to‘langanini aniqladi
O‘zbekiston Hisob palatasi mamlakat byudjyet tashkilotlarini tekshiruvdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda.
Uning natijalariga ko‘ra, byudjyet tashkilotlari 4,4 mlrd so‘mdan ortiq ish haqlari va boshqa to‘lovlarni asossiz ravishda o‘tkazib bergani aniqlandi. Shu bilan birga, mablag‘lar o‘tkazib berilgan xodimlar bu paytda xorijiy davlatlarda ish safarlarida bo‘lishgan, ular 5543ta byudjyet tashkilotining 12457 xodimidir. Natijada aybdor shaxslardan 3,73 mlrd so‘mlik zarar undirib olindi.
Shuningdek Hisob palatasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha 207 holatda 325 mln so‘m va Samarqand viloyatida 62 holat bo‘yicha 44 mln so‘m mablag‘lar pensiya hamda moddiy yordamga noqonuniy ravishda to‘langanini aniqladi.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Davlat byudjyetining daromad qismi ijrosini bajarishda Samarqand viloyatida 955 mln so‘m va Farg‘ona viloyatida 702 mln so‘m mablag‘lar soliq va majburiy to‘lovlar shaklida to‘lanmagani oshkor bo‘ldi.
Bundan tashqari, 18ta suvdan foydalanish obektida ichimlik suvi sifati hamda aholini u bilan to‘la ta'minlash bilan bog‘liq muammolar borligi aniqlandi. Ular 2015 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu holat ularni noto‘g‘ri loyihalashtirish, ekspertizasi va pudrat ishlarini bajarish tufayli ro‘y bergan.
Shuningdek, inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida 2014-2015 yillarda qurilgan 300ta suvdan foydalanish obektida 75,6 mlrd so‘mlik byudjyet mablag‘laridan samarasiz foydalanilganligi aniqlandi.
Nazorat tadbirlarining natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va hokimliklarga 19 ta yozma ko‘rsatma yuborildi. Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar foydasiga 86 mlrd. 643 mln. so‘m miqdorida yetkazilgan zarar undirildi.
Mavzuga oid
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
15:41 / 03.02.2026
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga nafaqa va yordam 6 oyga tayinlanadi
09:12 / 10.01.2026