Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Yevropadagi qo‘mondoni Rossiya tufayli ko‘proq qo‘shin kerakligini aytmoqda
NATOning Yevropadagi qo‘mondoni Kertis Skaparottining bayonot berishicha, u «tobora jangovarlashib borayotgan Rossiyaga qarshi turish uchun» yanada ko‘proq qo‘shinlar va yuqori texnologiyali kuzatuv vositalariga muhtojdir. Bu haqda The Washington Examiner yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSh harbiylari «dunyoda eng kuchli hisoblanadi hamda Rossiyani tiyib tura oladi», ammo «Rossiyaning tobora kuchayib borayotgan jangovar qudratiga qarshi turish uchun» yanada qobiliyatli armiyani tashkil etish talab etiladi.
Skaparottining aytishicha, ayni vaqtda AQShning Yevropada barcha turdagi qo‘shinlarga oid 60 mingdan ortiq harbiylari bor.
«Bizga ko‘proq kuch kerak, o‘ylashimcha, ehtimol, quruqlikdagi qo‘shinlar, masalan zirxli tank diviziyasi», — degan NATO qo‘mondoni.
Mavzuga oid
22:14
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:49
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
18:43