Jahon | 21:55 / 29.03.2017
17021
8 daqiqa o‘qiladi

Ov mavsumi boshlandi: Germaniyada "turk josuslari"ni tutishmoqda

GFR federal prokuraturasi Germaniya hududida islom targ‘ibotchisi Fathulloh Gulan tarafdorlarini kuzatayotgan turk maxsus xizmatlari faoliyati ustidan surishtiruv boshlab yubordi. Bu haqda nemislarning Focus nashriga Karlsrue shahri (Baden-Vyurtemberg yeri) federal prokurori idorasi matbuot kotibi ma'lum qilgan.

 

O‘zlarini o‘zlari tutib berishdi

Hayratlanarlisi, surishtiruv ishlari boshlanishiga turk maxsus xizmati vakillarini nemis hamkasblariga murojaati sabab bo‘lgan. Turkiya milliy razvedka tashkiloti (MIT) o‘z ma'lumotlariga ko‘ra Gulanning harakati bilan u yoki bu darajada bog‘liq Germaniyadagi 300 dan ortiq shaxs va tashkilotlar haqida ma'lumot to‘plagan. Bu ro‘yxatni MIT rahbari nemis hamkasblarining ko‘magidan umid qilib, Germaniya federal razvedka xizmati (BND) rahbari Bruno Kahlga topshirgan. Biroq Kahl uni konstitutsiyani himoya qilish idoralari va federal yerlar xavfsizlik xizmatlariga jo‘natgan.

"Yerlarning hokimiyati bu ro‘yxatdagilarni ularning orqasidan josuslik qilinayotgani va Turkiyaga borganda qatag‘onga uchrashi mumkinligidan ogohlantiriladi", — deya xabar beradi DW teleradiokompaniyasi.

Nemis ommaviy axborot vositalarining ma'lumotlariga ko‘ra, "MIT ro‘yxati"da alohida shaxslardan tashqari 200 dan ortiq jamoat tashkilotlari, uyushmalar va maktablar hm o‘rin olgan. U yerda ularning manzili, telefonlari va ko‘p holatlarda kuzatilayotgan shaxsllarning fotosuratlari ham bor.

Musulmon targ‘ibotchisi Fathulloh Gulanni Anqara 2016 yilning iyulida Turkiyada bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishida ayblab keladi. Germaniya maxsus xizmatlari harbiy qo‘zg‘alonning bu taxminini tan olishmaydi va bu hol Anqaraning kuchli e'tiroziga sabab bo‘lib kelmoqda.

Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalinning bildirishicha, GFR Turkiyada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishi tashkilotchilarini qo‘llab kelmoqda vaGulan tarafdorlaridan  Anqaraga bosim o‘tkazish vositasi sifatida foydalanmoqchi. Bunga javoban BND rahbari Bruno Kahl hozircha Turkiya Gulanning diniy va dunyoviy ta'lim berish bilan mashg‘ul fuqarolar uyushmasi ekstremistik faoliyatga aloqador ekanligi borasida yetarli dalil keltira olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat to‘ntarishi Turkiya davlat muassasalarida "tozalash" ishlari olib borish uchun "shunchaki qulay vaj" bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Yangi taranglik

GFR hukumatini turk razvedkasi NATO bo‘yicha hamkor-davlatda keng miqyosli josuslik ishlari olib borgani, boz ustiga buni o‘zi tan olib, ko‘mak so‘ragani g‘azablantirgan. Bu josuslik mojarosi so‘nggi vaqtda Berlin va Anqara o‘rtasidagi taranglikning yangi bosqichga ko‘tarilganligini anglatadi.

Mojaro 2016 yilning oxirida, Germaniyaning yetakchi Die Welt nashrining kelib chiqıshi turk bo‘lgan jurnalisti Deniz Yujal Turkiyada hibsga olinganidan boshlangan edi.

Berlinning jurnalistni ozzod etish borasidagi ko‘p sonli talablari, xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlaniga qaramasdan, Anqara tomonidan hanuzgacha bajarilgan emas.

Boz ustiga, Germani o‘z mamlakati hududida kurdlarga ommaviy namoyishlar o‘tkazishga ruxsat berganidan Turkiya norozi. O‘tgan yilning noyabr oyida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on nemis hukumatini kurd ayirmachilariga yordam qo‘lini cho‘zganlikda ayblab, GRFni "terrorzimga sherik davlat" deb atagan.

Shu yilning mart oyi boshlarida bir qator nemis shaharlari merliklari turk vazirlariga ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun maydon berishni rad etgach, taranglik yanada keskinlashdi. Gaggenau, Kyoln va Hamburg shahar hokimiyatlari xavfsizlik nuqtai nazaridan turkiyaliklarga miting uchun ruxsat berishmagan edi.

Turkiya hukumati a'zolari 16 aprel kuni mamlakatda o‘tkaziladigan referendumning targ‘ibot kampaniyasi doirasida turk diasporasi yig‘inlari oldida chiqish qilishni mo‘ljallashgan edi. Referendumda turk saylovchilari prezidentning vakolatlarini sezilarli darajada oshiruvchi konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlarga ovoz berishlari kerak. Germaniyada milliondan ortiq turk fuqarolari yashashadi va ularning ovozi ham referendumda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Ilgaridan GFR va uning federal kansleri Angela Merkel haqida gap borganda so‘z tanlab o‘tirmasligi bilan tanilgan Erdo‘g‘on Erdogan bu safar tamoman quyushqondan chiqib, mitinglarning taqiqlanishini o‘ziga nisbatan fitna deb baholadi va Merkelni "natsistlar usuli"dan foydalanayotganlikda aybladi. Turkiya prezidentining gap ohangi Germaniya va Yeropa ittifoqida norozilik keltirib chiqardi.GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Erdo‘g‘on "ruxsat etilgan chegarani buzganligi"ni aytdi, Yeroparlamentdagi eng yirik konservativ fraksiya yetakchisi Manfred Veber esa Erdo‘g‘onning chiqishlari Turkiyaning jahondagi obro‘siga rahna solganini ta'kidladi.

 

Darz kengaymoqda

Anqara va Berlin o‘rtasidagi ziddiyat nafaqat chuqurlashmoqda, balkim kengaymoqda ham. Chorshanba kuni DW Germaniya hukumati nemis harbiy havo kuchlarinining Osiyodagi harbiy harakatlarda qatnashuvi uchun Turkiyadagi Injirlik harbiy-havo bazasidan boshqa harbiy bazalar axtarishga tushgani haqida xabar tarqatdi. Hukumatga ko‘ra, buning uchun Iordaniya, Kuvayt va Kiprdagi harbiy bazalar yaroqli.

Turkiya sharqidagi Injirlik bazasida bundesverning AQSh boshchiligida IShID terrorchilik harakatiga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyasi tarkibiga kiruvchi 270 askari va zobitlari, bir necha "Tonrnado" razvedkachi samolyotlari joylashtirilgan. 2016 yilda Germaniya parlamentining armanlarning qatli om qilinganligini tan olish haqidagi rezolyutsiyasiga javoban Turkiya bir necha bor bundestag deputatlariga Injirlik bazasiga kirishni taqiqlagan.

Turk-nemis munosabatlaridagi taranglik Yevropaning boshqa davlatlari va butun Yevropa ittifoqi bilan Turkiyaning ziddiyati fonida ro‘y bermoqda. Niderlandiya bilan munosabatlar turk rasmiy shaxslariga mamlakatga kirib, referendum oldidan turk diasporasi vakillari bilan targ‘ibot mitinglari o‘tkazish taqiqlanganidan so‘ng yomonlashdi. Turk rahbarlarida Shvetsiya va Daniya hukumati bilan ham aloqalarda shunday holat yuzaga keldi.

Sofiyadagilar Bolgariyada o‘tgan parlament saylovlarida davrida Anqara turkiyada yashovchi bolgarlar va Bolgariyada yashovchi turklarga ta'sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishidan norozi bo‘lishdi.

Turkiyaning Yevropa ittifoqi bilan tuzilgan migratsion bitimlarni tark etishi haqidagi bayonotlari ham Turkiya va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarda iliqlik yuzaga kelishini ta'minlamayapti. Anqara shunday harakatga qo‘l ursa, Yevropa davlatlariga Yaqin Sharqdan qochqinlarning yangi va kuchli to‘lqini yopiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid