O‘zbekiston | 20:42 / 29.03.2017
6727
2 daqiqa o‘qiladi

Senat istirohat bog‘laridagi attraksionlar masalasini Bosh vazirga yuboradi

2017 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Senatorlar “Mamlakat istirohat bog‘lari, shuningdek, boshqa ko‘ngilochar maskanlarida o‘rnatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini ta'minlash borasidagi davlat nazoratining holati to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuborish haqida qaror qabul qildilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Ularni ruyobga chiqarish aholining turmush darajasini yanada oshirish, mamlakatda barqarorlik va farovonlikni kuchaytirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid