O‘zbekiston | 11:54 / 29.03.2017
6876
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Moskvada rossiyalik hamkasbi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rahbarligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi ilm-fan va ta'lim masalalarida o‘zaro tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta'kidlandi, shuningdek, tomonlar shifokorlik amaliyotiga telemeditsina texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashdilar. 

Ayni damda ikki mamlakat tibbiyot va ilmiy muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha 10ta kelishuv imzolangan. Bundan tashqari, yana 8ta ana shunday hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Rossiyalik vazir bu darajadagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishi hamda ikki davlat fuqarolarining farovonligiga xizmat qilishini ta'kidladi. 

Uchrashuv yakunida Veronika Skvortsova Alisher Shodmonovni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Sil kasalligi bo‘yicha birinchi global vazirlar konferensiyasida ishtirok etishga taklif etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid