Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sun'iy intellekt va dronlar kontrabandaga qarshi kurashda qo‘llanadi
Yaponiyaning soliqni nazorat qiluvchi vazirligi 2017 moliyaviy yilda kontrabandaga qarshi kurashishda sun'iy intellekt va dronlarni tajriba maydonida sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Kunchiqar mamlakat yangi texnologiyani 2020 yildagi Olimpiya o‘yinlari arafasida to‘liq joriy qilishni rejalashtirmoqda. 3D News shu haqida xabar berdi.
Hozirda aeroportlar va bandargohlardagi bojxona inspeksiyalari giyohvand moddalar va portlash moslamalarini aniqlash uchun vizual tekshiruvni o‘tkazishadi. Moliya vazirligi vizual tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda sun'iy intellektni ham qo‘llashni rejalashtirmoqda.
Uning yordamida rentgen tasvirlarda kontrabandani aniqlashga yordam berish uchun ma'lumotlar bazasida mavjud tasvirlar tahlil qilinadi.

Shuningdek bojxonalarning Yaponiyaga odamlarning kelishi va ketishi, yuklarning eksport-importiga oid ma'lumotlari ham tahlildan o‘tadi.
Loukaster-aviakompaniyalarning tarqalishi kech tunda va erta tongda keluvchi avialaynerlarning keskin oshishiga olib keldi, ayniqsa Osiyodan. Yangi texnologiya aeroportlarda tekshiruvlar jarayonlarini tezlashtirishga yordam berishi mumkin.
So‘nggi 10 yilda aviayo‘lovchilar soni uch barobar ko‘payganiga qaramay, bojxona agentlarining soni atigi 6 foizga o‘sgan.
Shuningdek kontrabanda ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida bandargohlar yaqinida dronlardan foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026