Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gazining asosiy xaridori Toshkentda. U Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi
«Gazprom» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Aleksey Miller Toshkentga yetib kelgan. U O‘zbekistondan tabiiy gaz xarid qilish, shuningdek, mamlakat hududidagi investitsion loyihalarni ishga tushirish masalalarini muhokama qilish uchun kelgan.
«O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi matbuot xizmatining «Kun.uz»ga ma'lumot berishicha, Miller xolding kompaniya rahbariyati bilan muzokara o‘tkazadi. Bundan tashqari, u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi kutilmoqda.
28 mart kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvida O‘zbekistondan Rossiyaga gaz sotilishi muhokama etildi. Xususan, «Gazprom» va «O‘zbekneftegaz» o‘rtasida o‘zbek gazi xaridi bo‘yicha o‘rta muddatli shartnoma tuzish masalasi muhokama qilingan.
Rossiya 2016 yilda O‘zbekistondan xarid qilgan gaz hajmi 6,2 mlrd kubometr bo‘lgan. Bundan oldinroq «Gazprom» 2017 yilda O‘zbekistondan 5 mlrd kub gaz sotib olishi ma'lum qilingandi.
«Gazprom» va «O‘zbekneftgaz» MXK 2002 yilda strategik hamkorlik haqida kelishuv imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra «Gazprom» mahsulotni taqsimlash kelishuvi asosida O‘zbekiston hududida tabiiy gaz qazib olish loyihalarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shu kelishuvga ko‘ra, Ustyurt platosidagi «Jyel» konida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik vazifa tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.
O‘tgan oyda «O‘zbekneftegaz» MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov «Gazprom» tarkibidagi GPD (Gas Project Development Central Asia) kompaniyasi va «O‘zbekneftgaz» MXK Surxondaryo viloyatidagi gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitim tuzishni rejalashtirgani haqida ma'lumot bergandi.
GPD va «O‘zbekneftgaz» 2017 yilning mart oyi oxirigacha «Mustaqillikning 25 yilligi» konida razvedka va o‘zlashtirish ishlarini olib borib, Surxondaryoda gaz-kimyo kompleksini qurish bo‘yicha «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokiga oid MTni tayyorlashi aytilgandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston gaz qazib oluvchi dunyodagi eng yirik davlatlar o‘nligiga kiradi (yiliga 63—65 milliard kub metr gaz), MDH davlatlari orasida esa uchinchi o‘rinni egallaydi. O‘zbek gazining asosiy xaridi Rossiya hisoblanadi. «Gazprom» tomonidan sotib olinayotgan gaz «O‘rta Osiyo – Markaz» (SATs) gaz quvuri orqali transportirovka qilinadi.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
10:51 / 20.01.2026
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
14:11 / 04.11.2025