Naşr ma’lum qilişiça, şartnoma töliq harbiy xizmatni emas, balki safarbarlik rezervida bölişni nazarda tutadi. Bu esa iştirokçilarga asosiy iş joyini saqlagan holda harbiy yiğinlarda qatnaşiş imkonini beradi.

Hujjatlarga köra, mobil guruhlarga qöşilişni istagan xodimlar tibbiy körikdan ötişi, maxsus tanlov bosqiçini muvaffaqiyatli topşirişi hamda ikki oylik tayyorgarlik kursini tugatişi lozim.

Şartnoma iştirokçilariga asosiy iş haqidan taşqari Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan rezervda bölgani, harbiy yiğinlarda qatnaşgani va rezervda uzoq muddat xizmat qilgani uçun qöşimça tölovlar amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, hujjatlarda iş beruvçi tomonidan harbiy yiğinlarda qatnaşiş davri uçun oyiga 200 ming rubl miqdorida kompensatsiya tölanişi ham nazarda tutilgan.

«Exo» ma’lumotiga köra, dastlabki şartnoma uç yil muddatga tuziladi. Keyingi şartnomalar esa uç yil, beş yil yoki rezervçining yoşiga qarab qisqaroq muddatga rasmiylaştirilişi mumkin.

Yoş böyiça çeklovlar ham belgilangan. Jumladan, oddiy askarlar va praporşçiklar uçun eng yuqori yoş 52 yoş, kiçik ofitserlar uçun 57 yoş, katta ofitserlar uçun esa 62 yoş etib belgilangan.

Hujjatlarga muvofiq, zaxiradagilar harbiy yiğinlar davrida muhim infratuzilma va hayotiy ahamiyatga ega obektlarni himoya qiliş işlariga jalb qilinişi mumkin. Biroq ular faqat şartnoma tuzilgan hudud doirasidagina xizmat qiladi.

Naşr, şuningdek, «Gazprom» bilan boğliq deb aytilgan «Potok» va «Fakel» nomli xususiy harbiy tuzilmalar haqidagi avvalgi xabarlarni ham eslatgan.

2023 yil fevralida Ukraina razvedkasi «Gazprom» öz xususiy harbiy kompaniyasini taşkil etganini iddao qilgan edi. Bu xulosa Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin kompaniyaga xususiy qöriqlaş taşkilotini tuzişga ruxsat berganidan söng bildirilgan.

Britaniyaning Financial Times naşri esa kompaniyada uruşda iştirok etiş uçun köngillilarni jalb qiliş 2022 yil avgust oyidayoq boşlanganini yozgan. Naşrda «Potok» va «Fakel» guruhlari tilga olingan bölib, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga köra, ular amalda Rossiya Mudofaa vazirligi tizimiga böysunadi.

2023 yil aprelida öşa paytda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga rahbarlik qilgan Yevgeniy Prigojin ham «Gazprom» huzurida taşkil etilgan uşbu tuzilmalar uruşda iştirok etayotganini aytgan va ularning tayyorgarligi hamda ta’minoti yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirgan.

Şuningdek, ayrim ommaviy axborot vositalari va oçiq manbalarda e’lon qilingan ma’lumotlar «Potok» va «Fakel» guruhlarining «Gazprom» bilan boğliq bölişi mumkinligini bilvosita tasdiqlaşi qayd etilgan.