Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Amerikada minglab tashlandiq «folksvagen»lar parklari paydo bo‘lmoqda
YouTube saytining jacuzzibusguy sahifasida bir necha ming Volkswagen avtomobillari saqlanayotgan avtomobil turargohiga doir video paydo bo‘ldi. 2 litrlik motorlarga ega mashinalar AQShdagi dizel mojarosidan so‘ng, kompaniya tomonidan xarid qilingan edi.
Rolik muallifining ta'kidlashicha, mamlakatda bir nechta shunday avtoturargohlar mavjud. Lavhadagi turargoh Pontiak shahridagi tashlandiq «Silverdoum» stadioni yonida joylashgan.
2016 yil bahorida AQSh hukumati va Germaniyaning VW avtomobilsozlik konserni dizel mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Unga ko‘ra, Germaniya kompaniyasi ekologik me'yorlarga javob bermaydigan mashinalar egalaridan mahsulotlarini xarid qilib olishi kerak. AQShda bunday mashinalardan yarim millionga yaqin borligi aytiladi.
Amerikaliklar esa mashinasini Volkswagen konserniga qaytarib sotish yoki tekin ta'mirlash hamda qo‘shicha tovon puli olish borasida yakuniy qarorga kelishlari mumkin bo‘ladi.
Volkswagen konserni ekologik testlardan o‘tishda firibgarlikka yo‘l qo‘ygani 2015 yil sentabr oyida oshkor bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, butun dunyo bo‘ylab dizel mojarosi ro‘y berdi. Uning doirasida 11 mlnga yaqin avtomobil qayta dasturlanishi yoki xarid qilinishi kerak.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026