Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning davlat qarzi 30 yildan keyin misli ko‘rilmagan darajagacha o‘sishi aytildi
AQSh kongressining byudjyet bo‘yicha boshqarmasi uzoq muddatli prognoz tuzdi. Unga ko‘ra, 2047 yilga kelib AQShning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 150 foizigacha oshadi.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda AQShning davlat qarzi YaIMning 77 foizini tashkil qiladi va bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
"Agar mavjud qonunlar o‘zgarmasdan qolsa, boshqarma byudjyet defitsitining o‘sishi o‘z ortidan keyingi 30 yil ichida davlat qarzining keskin oshishini keltirib chiqarishini prognoz qilmoqda. Davlat qarzi 2047 yilga kelib YaIMning 150 foizigacha yetadi. Bunday katta va o‘sib boruvchi qarz AQSh uchun katta xatarlarga ega va siyosatchilar oldiga jiddiy muammolarni qo‘yadi", deyilgan hujjatda.
30 mart holatiga ko‘ra, AQShning umumiy davlat qarzi 19,85 trln dollarni tashkil qilmoqda. Boshqarma qarz 2027 yilgacha YaIMning 89 foizigacha, 2035 yilda esa 1946 yilda qayd qilingan mutlaq maksimumdan (YaIMning 106 foizi) oshishini aniqlashtirib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026
Tramp va uning oilasi o‘tgan yillar uchun soliq da’volaridan butunlay ozod etildi
08:58 / 20.05.2026