Cadillac 4 yil ichida 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi

Foto: motor.ru
Cadillac avtomobilsozlik kompaniyasi 2021 yilgacha kamida 8 ta yangi model ishlab chiqarmoqchi. Bu modellardan to‘rttasi krossover bo‘ladi. Bu haqda Automobile nashri xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ilk ikkita yangi model keyingi yildayoq paydo bo‘ladi. Bu kichik sedan va krossover bo‘ladi. Sedan ATS modelining o‘rnini egallaydi va bozorda Mercedes-Benz CLA bilan raqobat qiladi. Bu mashina old privodli, oxirgi avloddagi Chevrolet Cruze shassisida quriladi.
Ixcham krossover XT3 indeksi oladi hamda General Motors konsernining orqa privodli uzaytirilgan Alpha shassisi negizida quriladi va BMW X3’ga raqobatchi bo‘ladi.
2019 yilda CTS modelining o‘rnini egallaydigan model va katta o‘lchamdagi XT7 krossoveri chiqadi. Krossover BMW’ning eng katta modeli X7’ga raqobat tashkil qiladi. BMW X7 modeli 2018-2019 yillarda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
2020 yilda "Kadillak"ning eng ixcham krossoveri chiqadi va u gabarit o‘lchamlari bo‘yicha BMW X1 modeliga yaqin bo‘ladi. Yana bir yildan keyin bozorga ikkinchi avloddagi XT5 va yangi katta flagman sedan CT8 chiqadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

21:16 / 23.01.2025
Tarixdagi eng tezkor Cadillac taqdim etildi

14:19 / 26.11.2023
Dunyoning eng qimmat brendlari, Cadillac Optiq va Ob-havoni oldindan aytib beradigan neyron tarmoq – hafta texnodayjesti

17:58 / 01.09.2023