Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Mutaxassislar 2025 yilda sotib olish uchun eng ishonchli avtomobillar ro‘yxatini tuzishdi. Bu, ayniqsa, bu yil ishlatilgan mashina sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun foydali ma’lumotdir.
Foto: caranddriver.com
Ro‘yxatdagi modellarning taxminan yarmi — arzon avtomobillar, qolganlari esa ikkinchi bozorda ancha arzonlashgan.
Carscoops sayti J.D. Power ma’lumotlari asosida ishonchlilik jihatidan eng yaxshi modellar haqida xabar berdi. Mualliflar 2022 yilda ishlab chiqarilgan, ya’ni bu yil 3 yoshga to‘lgan mashinalarni tahlil qilishdi.
Ro‘yxat avtomobil egalari tomonidan beriladigan fikr va baholarga asoslanib tuzilgan. Ular o‘z tajribalari bilan bo‘lishishgan va foydalanish jarayonidagi vaziyatlarni bayon qilishgan.
Ushbu holda ishonchlilik har 100 mashinaga to‘g‘ri keladigan nosozliklar soni bilan o‘lchangan. Ko‘rinib turibdiki, reytingda yapon va amerika mashinalari ustunlik qilmoqda.
Shunday qilib, 2025 yildagi eng ishonchli avtomobillar quyidagilar:
· Cadillac XT6
· Chevrolet Corvette
· Chevrolet Silverado
· Chevrolet Silverado HD
· Chevrolet Tahoe
· GMC Acadia
· BMW 3 Series
· Lexus GX
· Mercedes GLC
· Nissan Kicks
· Nissan Murano
· Toyota Avalon
· Toyota Camry
· Toyota Corolla
· Toyota RAV4
· Toyota Sienna
· Toyota Tacoma
Mavzuga oid
15:21
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
07:27 / 17.03.2026
Dunyodagi eng kuchli harbiy flotlar: 2026 yil reytingi
07:23 / 16.03.2026