Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dunyodagi ilk fuqarolik atom suv osti kemasi quriladi
Rossiyada dunyodagi ilk fuqarolik atom suv osti kemasi quriladi. Bu kema qurilishi loyihasi Arktikani o‘rganish bo‘yicha tadbirlar majmuasidan o‘rin olgan. Loyihani amalga oshirish bilan Istiqbolli tadqiqotlar jamg‘armasi shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Seysmorazvedka uchun mo‘ljallangan suv osti kemasi "Rubin" konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bu fuqarolik atom suv osti kemasi bo‘lib, u seysmorazvedka, foydali qazilmalarni izlashni ta'minlaydigan robotlashtirilgan majmualar, avtonom ishlovchi suv osti qurilmalari bilan jihozlangan.
Boshqa jihatlari bo‘yicha ushbu kema qolgan suv osti kemalaridan uncha farq qilmaydi. Kemaning uzunligi 135,5 metr, eni 14,4 metrni, tezligi 12,6 uzelni, maksimal sho‘ng‘ish chuqurligi 400 metrni tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, suv osti kemasi 90 kungacha avtonom suzishda bo‘la oladi va o‘z ichiga 40 kishilik ekipajni sig‘dira oladi.
Kemaning qurib bitkazilishi muddatlari noma'lum, hozirda uni loyihalash ishlari yakunlanmoqda.
Rossiyaning davlat tashkilotlari va yirik korporatsiyalari 2013 yildan beri foydali qazilmalar topish maqsadida Arktikani tadqiq qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Ekstremal sharoitlarda ishlash uchun maxsus burg‘ilovchi robotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, olimlar Arktikani o‘zlashtirish uchun boshqaruvchisiz robotlashtirilgan majmualarni yaratishni taklif qilmoqdalar. Bu loyihalar 5 yil ichida amalga oshirilishi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
13:45 / 12.02.2026
NATO Arktika xavfsizligini mustahkamlashga kirishdi
21:22 / 11.02.2026
NATO «Arktika qo‘riqchisi» missiyasi boshlanganini e’lon qildi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
13:10 / 13.01.2026