Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kameralar bir hafta davomida qancha qoidabuzarliklarni qayd etgani ma'lum bo‘ldi
15 mart kunidan 29 mart kuniga qadar 883 ta kuzatuv kameralari yordamida jami – 45.000 tagacha qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahri IIBBda tashkil etilgan brifingda IIBB YHXBB jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi vakili Alisher Abduqodirov xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu qoidabuzarliklarning 26 mingtagachasi sfetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish, 19 mingdan ziyodi tezlikni belgilangan me'yordan oshirganlik huquqbuzarliklarini tashkil etgan.
Brifingda ta'kidlanishicha, bir hafta davomida esa jami 8 mingdan ziyod huquqbuzarliklar qayd etildi.
Ularning 4 mingdan ziyodi sfetoforning qizil chirog‘idan harakatlanish va 4 mingdan ortig‘i tezlikni belgilangan me'yordan oshirganlikka tegishli.
Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida esa jami 19.258 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.
Hafta davomida 15 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan bo‘lsa, kameralar ishga tushirilganligi munosabati bilan o‘tgan yilning shu haftasiga nisbatan 13 taga kamaygan. Odam o‘limi bilan bog‘liq holat esa 5 taga kamaygan (1 ta aniqlangan).
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 15 martidan boshlab Toshkentning 115 ta chorrahasida yo‘l harakati qoidalarini foto va videoqayd etish tizimi ishga tushdi, ular 883 kameradan iborat.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026