Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHT davlatlarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining (ShHT MATTK) o‘ttizinchi majlisi Toshkentda 30 mart kuni bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va ShHT MATTK Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ShHT ishtirokchi davlatlari rahbarlari Kengashiga taqdim etiladigan ShHT MATTKning 2016 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot qabul qilindi.
Ular shuningdek MATTKning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi ShHT mamlakatlarining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining joriy yildagi ijrosini ko‘rib chiqishdi.
ShHT mamlakatlari vakillari ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ShHT Konventsiyasi loyihasini ma'qullashdi.
ShHT davlatlari diniy ekstremistik harakatlarning zararli faoliyatidan keluvchi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlarning qo‘shma harakatlari haqida kelishib oldilar.
Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘tgan davr mobaynidagi ShHT MATTK Ijroiya qo‘mitasi faoliyatiga ijobiy baho berishdi.
Kengash shuningdek tashkiliy-kadr, ShHT MATTK Ijroiya qo‘mitasi faoliyatini ta'minlash va ShHT a'zo davlatlarining terrorizm, separatizm va ekstremizm bilan hamkorligi huquqiy asosini yanada tashkil etish haqidagi masalalar bo‘yicha qator qarorlarni qabul qildi.
ShHT MATTK Kengashining navbatdagi yig‘ilishini 2017 yilning sentabrida Xitoy hududida o‘tkazish haqida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026