Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadro qurolini taqiqlash bo‘yicha muzokaralarda 115dan ortiq davlat qatnashmoqda
BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida bu haftada boshlangan yadro qurolini taqiqlash haqidagi muzokaralarda 115dan ortiq davlat ishtirok etmoqda. Bu haqda anjuman raisi, Kosta-Rikaning butunjahon tashkilotdagi doimiy vakili Eleyn Uayt Gomes xabar qildi. U muhokamada yadro quroliga ega bo‘lgan hech bir davlat qatnashmayotganini tasdiqladi.
Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, muloqotlarda nodavlat tashkilotlarning 220dan ziyod vakili ham ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, forum qatnashchilari barcha jarayon bilan bog‘liq masalalarni hal qilishdi va bo‘lajak konvensiyani muhokama qilishga o‘tishgan.
Gomesning xabar berishicha, yadro qurolini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish, egalik qilish va uni qo‘llash tahdidiga oid ko‘plab takliflar kelib tushgan. Shuningdek qurolni joylashtirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingan.
Gomesning aniqlik kiritishicha, juma kuni yakunlanadigan muzokaralar birinchi bosqichidan so‘ng u delegatsiyalar takliflari asosidagi konvensiya loyihasini tayyorlaydi. Anjuman o‘z ishini 15 iyun kuni tiklab, uch hafta davomida keyinchalik BMT Bosh assambleyasiga beriladigan matn ustida ishlaydi.
Bosh assambleya tomonidan o‘tgan yilning dekabrida qabul qilingan yadro quroliga qarshi konvensiyani tayyorlash borasidagi qaror g‘oyasi Avstriya, Braziliya, Indoneziya, Irlandiya, Meksika, Nigeriya va JAR tashabbusi hisoblanadi. Yadro quroliga ega davlatlar, jumladan Rossiya hamda AQSh bunday hujjat qabul qilinishiga qarshi chiqishgan.
Muzokaralarda ishtirok etayotgan Meksika delegatsiyasi rahbari Xorxe Lomonakoning so‘zlariga ko‘ra, taqiqlovchi konvensiyaning qabul qilinishi yadro qurolidan xoli bo‘lgan dunyoga erishishga yordam beradi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026