Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va AQSh yetakchilari uchrashuvi yaqinlashmoqda. Qanday masalalar muhokama qilinadi?
Xitoy XXR raisining AQShga rejalashtirilayotgan tashrifi muvaffaqiyatli bo‘lishi va ikki tomonlama munosabatlar rivojining keyingi holatini belgilab berishidan umid qilmoqda. Bu haqda XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjen Tszeguan ma'lum qildi.
Tramp va Si Tszinpin uchrashuvi Trampning Mar-o-Largo (Florida shtati)dagi qarorgohida 6-7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
"Bu AQShda yangi ma'muriyat hukumat tepasiga kelgach, ikki davlat yetakchilarining ilk uchrashuvi bo‘ladi... Har ikki tomon ham tashrif muvaffaqiyatli bo‘lishidan umid qilmoqda", - deya ma'lum qildi Chjan Tszeguan brifingda.
Xitoylik vazir o‘rinbosarining qayd etishicha, chuqur murakkab o‘zgarishlar sharoitida bu uchrashuv Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va rivojlanishga ko‘mak berishda juda muhim o‘rin tutadi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibidagi, shuningdek o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha fikr almashadilar. Oq uy avvalroq mamlakat yetakchilari xalqaro xavfsizlik va ikki tomonlama munosabatlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishi haqida xabar bergandi.
Tramp esa payshanba kuni Si Tszinpin bilan uchrashuv “juda og‘ir” bo‘lishi haqida ma'lum qildi. "Xitoy bilan uchrashuv juda murakkab bo‘ladi. Sababi biz juda katta savdo defitsiti va ish o‘rinlarini yo‘qota olmaymiz. Amerikalik kompaniyalar boshqa muqobil variantlarni qidirishi kerak", - deya ma'lum qildi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Xitoyni uning valyuta va iqtisodiy siyosati sabab juda ko‘p tanqid qildi. Trampning fikricha, bu amerikalik ishlab chiqaruvchilarga zararga ishlaydi.
Mavzuga oid
19:37
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026