Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistondagi masjid yaqinida ro‘y bergan portlash 22 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
31 mart, juma kuni Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Parachinor shahrida joylashgan shia musulmonlari masjidi yonidagi bozorda avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlashi qayd etildi. Buning natijasida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 50 nafardan ortig‘i jarohat oldi. DailySabah shu haqida xabar berdi.
Mahalliy hukumat vakili Mushtoq G‘anining so‘zlariga ko‘ra, hujum Parachinordagi shialar masjidi yonida, Nur bozori yaqinida amalga oshirilgan. Mahalliy televideniyeda portlash qurbonlarining tez tibbiy yordam mashinalari va xususiy transport vositalarida olib ketilayotgani ko‘rsatilgan.
Pokiston armiyasi o‘z bayonotida bomabardimon haqidagi xabarni tasdiqlagan va qurbonlarga yordam ko‘rsatish hamda evakuatsiya qilish uchun bir guruh shifokorlar bilan vertolyot yo‘llaganini ma'lum qilgan.
Bomba bozor yaqinidagi avtomobilda bo‘lgani aytilgan, lekin uning xudkush orqali portlagan yoki yo‘qligi hozircha noma'lum.
Hukumat ma'muri Zohid Husaynning aytishicha, portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, u hatto yaqin atrofdagi avtomobillar va do‘konlarga ham katta ziyon yetkazgan. Uning ta'kidlashicha, hukumat favqulodda vaziyat haqida e'lon qilgan. Qutqaruvchilar halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarni yaqin oradagi shifoxonalarga yetkazishmoqda.
Hujum kim tomonidan amalga oshirilgani noma'lum bo‘lsa-da, unda taqiqlangan Lashkar-i-Jangvi sunniy mazhab jangari guruhi ayblanmoqda - guruh bundan avval shialar ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mazkur mintaqada amalga oshirilgan hujumlarda aybdor deb topilgan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 11.05.2026
Pokistondagi hujumda kamida 15 politsiyachi halok bo‘ldi
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
18:13 / 03.05.2026
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
23:39 / 27.04.2026