Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson NATOning asosiy vazifalaridan biri ekaniga oydinlik kiritdi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson NATO alyansining asosiy vazifalaridan biriga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, «Rossiya agressiyasi»ga qarshi kurashish tashkilotning bosh maqsadlaridan biri bo‘lib qoladi.
Davlat kotibi NATO tashqi ishlar vazirlarining Bryusselda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shunday bayonot bergan.
«Bizning vazifalarimiz orasida IShID ustidan g‘alaba qozonish birinchi o‘rinda turadi, bu terrorchi guruh NATOning barcha a'zolari va hamkorlari uchun umumiy tahdiddir. Biroq, Shimoliy Atlantika alyansining asosiy vazifalaridan biri Rossiya tashviqoti hamda agressiyasiga qarshi turishdan iboratdir», — degan Tillerson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «ba'zan majburlash, ba'zida aksincha usullardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak».
Tillerson, shuningdek, tashkilotning barcha a'zolari NATO byudjyetiga YaIMning 2 foizi miqdorida mablag‘ ajratishi yoki yaqin orada ushbu ko‘rsatkichga erishish borasida dastur ishlab chiqishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natija NATOning 2017 yil may oyida bo‘lib o‘tajak sammitiga qadar amalga oshirilishi kerak.
Mavzuga oid
23:00 / 28.01.2026
Qrim ko‘prigidagi portlash ishi bo‘yicha umrbod qamalganlar Tramp, Putin va Zelenskiyga murojaat qildi
20:28 / 28.01.2026
“Rossiya dastlabki talablaridan bosqichma-bosqich chekinyapti” – tahlilchilar
14:54 / 28.01.2026
Orpo: Rossiya urushni to‘xtatsa, Finlandiya muloqotga tayyor
12:57 / 28.01.2026