Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 34 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda profilaktika kuni munosabati bilan navbatdagi matbuot-brifingi tashkil etildi. Unda 2017 yilning 24 martidan 30 martiga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish hamda jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.
Unga ko‘ra, hafta davomida jami 16ta, shulardan 3ta talonchilik, 9ta o‘g‘irlik, 4ta firibgarlik jinoyatlari “issiq izi”dan to‘la fosh etildi. O‘tgan bir hafta mobaynida 34 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.
Shu bilan birga, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati quyida surati namoyish etilayotgan shaxsdan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, shahar ichki ishlar idoralari yoki 102 qisqa raqami orqali murojaat qilishlarini so‘rab qoladi.

Mavzuga oid
18:50 / 30.04.2026
Toshkent – Xiva yo‘nalishida «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi 3 maydan boshlanadi
19:13 / 29.04.2026
Toshkentda 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etiladi
17:33 / 27.04.2026
Piskentdagi suv ta’minoti obyektida 14 km quvur talon-toroj qilindi
15:30 / 27.04.2026