Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays bilan uchrashdi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.
"Prezident bugun ertalab Oq uyda prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi va davlat kotibi Kondoliza Raysni qarshiladi", deb yozdi Spayser tvitterda va xabarga Tramp hamda Raysning Oval kabinetda tushgan suratlarini ilova qildi.
Spayser uchrashuv tafsilotlarini keltirmagan.
Kondoliza Rays 2005-2009 yillarda davlat kotibi, 2001-2005 yillarda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarini egallagan. Rays AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bushning ikkala ma'muriyatida ham ishlagan.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
08:18 / 22.07.2025
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020