Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Qrim qaytarilmaguncha Rossiyadan sanksiyalarni olmaydi
AQSh Qrim Ukrainaga qaytarilmaguncha Rossiyadan sanksiyalarni olmaydi, deb aytdi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
"Ukrainaning AQSh va NATO tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi barqaror qolmoqda. Biz har bir vazirlar uchrashuvi va sammitda qaytarganimizdek, Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzkor kampaniyani boshlaganidan beri NATO ittifoqdoshlari Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat'iy qo‘llab-quvvatlab keladilar", deb aytgan Tillerson NATOga kiruvchi davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvida.
Uning aytishicha, AQSh Rossiyadan Minsk kelishuvlari bajarilishini talab qilishda davom etadi.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner AQShning Rossiyaga Qrimni qo‘shib olgani sababli kiritgan sanksiyalari u yarimorol ustidan nazoratni saqlab qolgunicha amal qilishini aytgan.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026