Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Osiyo shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qit'aning yigirmaga yaqin davlatidan to‘rt yuzga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini Alixon Avazxonov, Xumoyun Begmurodov, Islombek Sindorov, Davlat Mahmudjonov, Oqjo‘l Rahmatullayev, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Abdimalik Abdisalimov, Saidakbar Saydaliyev, Ortiq Nig‘matov, Afro‘za Hamdamova, Odina Olimova, Zilola Aktamova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay, Dilbar Hamroyeva, Asal Salimova, Gulruhbegim Tohirjonova, Bahora Abdusattorova, Nilufar Yoqubboyeva kabi iqtidorli shaxmatchilar himoya qilmoqda.
Qayd etish kerakki, 2016 yilgi sport mavsumi shaxmatchilarimiz uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘ldi. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Zabi shahrida tashkil etilgan jamoaviy Osiyo chempionati – Osiyo millatlari kubogida O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi standart va rapid shaxmat bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yosh shaxmatchilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
17:12
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
09:20
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
17:44 / 26.05.2026
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
17:55 / 25.05.2026