Jamiyat | 22:11 / 02.04.2017
12140
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi "to‘lqin o‘yini"da omon qolganlar hanuz shok holatida (video)

Kaliforniyadagi ulkan to‘lqinlar kemani pirs (portdagi gidrotexnik inshoot)ga tashlaganida uning ichidagi 4 kishi halok bo‘lishiga oz qoldi. The Daily Mirror shu haqida xabar berdi.

Voqea sohil bo‘yidagi Redondo-Bich shaharchasida ro‘y berdi. Guvohlar kichik kemani 15 futli (taxminan 4,5 metr) to‘lqin qamrab olganini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Ekipaj a'zolari kemani suvda ushlab qolishga harakat qilishgan, biroq kema siltanib, pirsga qarab "otilgan". Ichidagi odamlar esa to‘lqinlar tomonidan "havoga irg‘itilgan". 

Bortdagi kishilarning barchasi yengil jarohat bilan cheklanishgan. Redondo-Bich yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘ining ma'lum qilishicha, qutqarilganlar hozircha shok holatida.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid