Sport | 21:43 / 02.04.2017
12316
2 daqiqa o‘qiladi

La-liga. «Real» «Barselona» bilan oradagi farqni yana oshirdi

Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda «Real» «Alaves»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Karim Benzema, ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida esa Isko va Nacho tomonidan kiritilgan gollar evaziga «Real»ga yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Real» asosiy ta'qibchisi «Barselona» bilan oradagi farqni besh ochkoga oshirdi va yaqqol peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ispaniya La-ligasi, 29-tur

Real Madrid – Alaves 3:0 (1:0)
Gollar:
Benzema (31), Isko (85), Nacho (88).
Real Madrid: Kasilya, Varan (Karvaxal, 11), Nacho, Danilo, Pepe, Modrich (Kovachich, 68), Kroos, Isko, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 81).
Alaves: Pacheko, Laguardia, Teo, Eli, Feddal, Mendes (Katai, 75), Kamarasa (Santos, 84), Manu Garsiya, Ibai Gomes (Romero, 69), Tokero, Deyverson.
Ogohlantirishlar: Eli (17), Manu Garsiya (87).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid