2017 yilning 22 mart kuni Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rasmiy saytida Bandlikka ruxsat beriş tizimining koreys tilidan test sinovlari böyiça xabar e'lon qilindi. Unga köra, 27-28 mart kunlari röyxatga olişning birinçi bosqiçi ötkazilib, unda nomzodlar onlayn anketa töldirişi, 29-30 mart kunlari böladigan ikkinçi bosqiçda esa koreys tilidan onlayn savol-javobda iştirok etişi belgilangandi.
Kutilganidek, yuz minglab fuqarolarimiz öz omadini sinab köriş maqsadida röyxatdan ötişga kirişdi. Katta tomoşa ana şunda boşlandi. Kun boşidanoq odam köpligi uçun sayt qotib qoldi. Söngra röyxatga oliş bir kunga qoldirildi. Köpçilik katta qiyinçilik bilan röyxatdan öta oldi.
Nomzodlar soni nihoyatda köpligi sababli ikkinçi bosqiç uçun yangi qoidalar işlab çiqildi: hamma öz familiyasining boş harfi uçun ajratilgan vaqtda savol-javobda iştirok etadigan böldi. Yaxşi öylangan taktika. Biroq yana texnik jihatdan muammolar paydo böldi. Kimdir röyxatdan ötiş vaqtida berilgan login-paroli notöğri ekaniga duç kelsa, kimdir navbati kelişini kutib sarğaydi. Tört kunlik tomoşa asnosida Migratsiya agentligi tomonidan yöl qöyilayotgan xato va kamçiliklarga bir sidra nazar taşlab çiqişga qaror qildik.
Kerakli darajada texnik tayyorgarlik körilmagan
Onlayn röyxatga oliş jarayonida iştirok etiş niyatida bölganlar soni juda köp ekani oldindan ma'lum edi. Bu esa onlayn jarayonni töğri, uzluksiz va samarali taşkil etiş böyiça avvaldan jiddiy tayyorgarlik körişni taqozo etar edi. Natija esa kutilganidek bölib çiqmadi. Sinovlarning birinçi kuni aloqa vazirligida işlovçi döstim bilan suhbatlaşdim. Aytişiça, agentlik yordam sörab murojaat qilibdi. Nega bunçalik keç? Kuniga olti yuz ming-bir million kişi kirsa ham heç qanday qiyinçiliklarsiz faoliyat körsatayotgan milliy saytlar Özbekistonda ham kuçli xostinglar borligi va har qança hajmdagi ma'lumotlar va köp sonli abonentlar bilan işlaş imkoni mavjudligidan dalolat beradi. Agarda Migratsiya agentligi foydalanuvçilar sonining keskin ortib ketişini hisobga olgan holda texnik tayyorgarlikni öz vaqtida, kerakliça körganida, sayt bu qadar qotib işlamas edi.
Fuqarolar bilan qöpol muomalada böliş
Onlayn savol-javoblar ötkazilgan birinçi kunda Telegram orqali fuqarolarning agentlik işonç raqamlari operatorlari bilan suhbatlari keng tarqaldi. Fuqarolar haqli ravişda özlarini öylantirgan masala böyiça aniq savollarni örtaga taşlagan. Biroq operatorlar ular bilan adekvat suhbatlaşmadi. Savollarga aniq va qoniqarli javob beriş tugul, muloyimlik, bosiqlik va hurmat bilan muomalada bölmagani, ba'zi örinlarda ohang-ovozini balandlatgani, fuqarolarni mensimagani aniq közga taşlanib qoldi. Operatorlar ohangida “Seni kim majburlayapti”, “eplasang şu” qabilidagi balanddan keliş, mensimaslik ma'nolarini anglaş qiyin emas...






















