Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati vakili Shimoliy Koreyani faqatgina Xitoy to‘xtata olishini aytdi
Xitoy Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishi va bu masala bo‘yicha o‘zining xavotirini ko‘rsatishi lozim, deb aytdi AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli.
"Xitoy xavotirga tushganini ko‘rsatishi va Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishi kerak", deb aytdi Xeyli AVS telekompaniyasi efirida.
Uning fikricha, "Xitoy Shimoliy Koreyani to‘xtata oladigan yagona davlatdir".
"Yaqin kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Tszinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarning katta qismi yadro qurolining tarqatilmasligi va Shimoliy Koreyaga oid masalalarga bag‘ishlanadi", deb qo‘shimcha qildi Xeyli.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
17:41 / 30.06.2026