O‘zbekiston | 16:48 / 03.04.2017
9685
2 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisi xonadon ta'mirlanishida yordam berdi

Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi Zaynabxon Temirova bundan 45 yil avval 3 nafar qiz farzandi bilan beva qolgan. Shu vaqtgacha maktabda farrosh bo‘lib faoliyat  olib bordi. 3 nafar qizini turmushga uzatdi. Turmushning haqiqiy mushtini his qilgan ayol uy-joyini ta'mirlash uchun imkon izladi.

Bugungi kunda aya istiqomat qilayotgan xonadon ta'mirtalab. Uning kichik xonadoni faqatgina loy shuvoq, qishda yoki yomg‘irlik kunlarda tomdan chakki o‘tib xonadonni zax qilib yuborgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati rahbari T.Xudoyberganov ishtirokida Marg‘ilon shahar hokimligida Marg‘ilon shahri, Toshloq, Yozyovon va  Qo‘shtepa tumanlari aholisi vakillari bilan  sayyor qabullar o‘tkazildi. 

Sayyor qabulda Zaynabxon Temirovaning murojaati ham o‘rganilib, chindan ham uning xonadoni ta'mirtalabligi, bu borada unga ko‘mak kerakligini inobatga olinib, u uchun 2 xonalik turar joy ajratildi. Shuningdek, xozir istiqomat qilinayotgan xonadonini qaytadan ta'mirlanishiga ko‘mak berildi.

Shu kuni murojat qilgan ko‘plab fuqarolarning ishlari birma-bir tahlil qilindi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi hamda Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan amaliy ko‘mak berildi.  

Ahror Ziyo, Farg‘ona

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid