Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh dengiz mashqlarini boshlashdi
Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh KXDR suvosti kemalari bilan kurash bo‘yicha qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazmoqda.
Bu haqda «Ryonxap» agentligi Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, uch kunlik mashqlar Chejudo oroli yaqinida o‘tkaziladi. Ulardan ko‘zlangan maqsad – Shimoliy Koreya tahdidlariga qarshi uch davlatning «samarali javob qaytarishini» ta'mirlashdir. Tahdidlar mamlakatning ballistik raketalardan tortib suvosti kemalariga qadar ishlab chiqishi bilan bog‘liq.
Avvalroq mamlakatlar KXDR tomonidan raketa tahdidi kuchaygani tufayli raketalarga qarshi mudofaa bo‘yicha harbiy mashqlarni o‘tkazishdi. Shuningdek Janubiy Koreya va AQSh Key Resolve harbiy mashqlarini boshlashgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026