14:06 / 04.04.2017
11333

Peterburg terakti qurbonlari soni 14 nafarga yetdi

Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 14 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvortsova ma'lum qilgan.

"Ayni vaqtga kelib terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lganini tasdiqlashim mumkin. 11 kishi voqea joyida vafot etgan, yana uch kishi olingan jarohatlar tufayli ko‘z yumgan", — degan u.

Ayni vaqtda shahardagi shifoxonalarda 49 kishi qolmoqda.

Avvalgi xabarlarda portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani va 51 kishi jarohatlangani haqida aytilgandi.

3 aprel kuni, mahalliy vaqt bilan soat 14:40da (Toshkent vaqti bilan soat 16:40) metroning «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut — 2» bekatlari oralig‘ida harakatlanishni boshlagan poyezdda portlash ro‘y berdi.

Top