Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampdan yana bir "syurpriz": Endi AQShda internet-foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumoti himoyalanmaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp provayderlarga internet-foydalanuvchilarning ruxsatisiz ularga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni tarqatishga taqiqlaydigan qoidalarni bekor qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga imzo qo‘ydi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Barak Obama paytida qabul qilingan bu qoidalar provayderlarga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotidan ularning ruxsatisiz foydalanish, tarqatish yoki sotishni taqiqlar edi. Bundan tashqari, ular internet-kompaniyalarga ma'lumot xavfsizligini ta'minlash va xakerlardan himoya qilish borasida choralar qabul qilish majburiyatini ham yuklardi.
Respublikachilar partiyasining kongressdagi vakillari kiritilgan cheklovlar provayderlarga nisbatan adolatsiz bo‘lgan, deb hisoblashdi hamda ularni bekor qilishni talab qilishdi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026