Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi
Adliya vazirligida “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi.
Qaror loyihasida davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va rag‘batlantirishni kuchaytirish, ularning moddiy ta'minot darajasini oshirish hamda mazkur sohaga oliy yuridik ma'lumot va amaliy tajribaga ega yuqori malakali kadrlarni jalb qilish orqali yuridik xizmatlar faoliyati samaradorligini oshirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, loyiha bilan davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarni tashkil etish shakllari, yuridik xizmatlar tashkil etishning minimal me'yor va mezonlarini tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026